"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi Fabino "Trabzonspor"ga o'tishga yaqin. Tomonlar og'zaki kelishuvga erishdilar, deb xabar beradi insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

32 yoshli braziliyalik futbolchi yaqin 24-48 soat ichida Turkiyaga yetib kelishi, shundan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Fabino "Al-Ittihod"dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi. O'tgan mavsumda u 43 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Trabzonspor" yozda "Liverpul"ning yana bir sobiq futbolchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolagandi.