Braziliya terma jamoasi a'zosi APL klubini tark etmoqchi emas

Braziliyalik yarim himoyachi Lukas Paketa yanvar oyidagi transferlar oynasida Londonning "Vest Xem" klubini tark etmoqchi ekani haqidagi xabarga izoh berdi.
Daily Mail xabariga ko'ra, xavbek mish-mishlarni rad etgan. 28 yoshli futbolchi o'tgan yozda Birmingemning "Aston Villa" klubiga ko'chib o'tishi mumkin edi. Biroq yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida kelishuv barbod bo'ldi.
Paketaning "bolg'achilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Braziliyalik futbolchining bozor narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Lukas Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.