"Zenit" yarim himoyachi Jersonning "Kruzeyro"ga o'tganini e'lon qildi.

"Jerson faoliyatini Braziliyada davom ettiradi. "Zenit" va "Kruzeyro" futbol klublari yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

"Ko'k-oq-ko'klar" Jersonga minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatida omad tilaydi," - deyiladi Rossiya klubi xabarida.

Avvalroq, transfer qiymati 27 million evroni tashkil etishi ma'lum bo'lgandi. Yana 3 mln peterburgliklarga bonus sifatida to'lanishi mumkin. 28 yoshli xavbekning "Zenit"dan transferi Janubiy Amerika uchun rekord bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Jerson 2025 yilning yozida "Flamengo"dan 25 mln evro evaziga "Zenit"ga o'tgan edi.