Braziliya klubi "Yuventus" futbolchisini ijaraga oladi

Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, "Yuventus" va "Gremio" yarim himoyachi Artur Meloni ijarasi bo'yicha printsipial kelishuvga erishgan. Ushbu ijara braziliyalik futbolchi uchun 2020 yilda "Byankoneri"ga o'tganidan beri to'rtinchisi bo'ladi.
"Barselona"ning sobiq yarimhimoyachisi 2022/23 yilgi mavsumni "Liverpul" safida muvaffaqiyatsiz o'tkazdi va butun yil davomida atigi 13 daqiqa o'ynadi. 2023/24 yilgi mavsumda "Fiorentina"da u yanada muvaffaqiyatli davrni o'tkazdi, shundan so'ng u 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Jirona"ga o'tdi.
Artur uchun "Gremio"ga o'tish Evropadagi etti yillik faoliyatidan so'ng vataniga qaytish bo'ladi. 29 yoshli xavbek Braziliya klubining yoshlar akademiyasida besh yil va yana uch yil asosiy jamoada o'ynab, 2018 yilda "Barselona"ga o'tgan.
Qo'shimcha qilamizki, Artur "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 63ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.