Braziliya klubi "Arsenal" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchisiga narx belgiladi

Braziliyaning "Palmeyras" klubi markaziy himoyachisi Luis Benedettiga "Barselona" va "Arsenal" qiziqish bildirayotgan oldinroq xabar qilingan edi.
O Jogo xabariga ko'ra, Braziliya klubi 19 yoshli futbolchisi uchun 15 million evro narx belgilagan.
Hozirda Benedetti Transfermarkt tomonidan 1 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.