Braziliya Karlo Anchelotti qo'l ostida mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Braziliya terma jamoasi JCh-2026 saralashida Chili terma jamoasini mag'lub etdi (3:0).

Karlo Anchelotti qo'l ostida Braziliya terma jamoasi 3 ta o'yin o'tkazib, 2 ta g'alabaga erishdi.

Avvalroq jamoa Paragvayni mag'lub etgan (1:0) va Ekvador bilan durang o'ynagan (0:0).

10 sentyabr kuni Braziliya chempionat saralashining so'nggi o'yinini Boliviyaga qarshi o'tkazadi.