Braziliya Jahon chempionatlarining pley-off bosqichida ketma-ket oltinchi bor Evropa vakillariga yutqazdi

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuvida Norvegiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Bu mag'lubiyat Braziliya uchun JCh-2002dan keyin (o'sha mundial finalida ular Germaniyani mag'lub etishgandi) jahon chempionatlari pley-off bosqichida Evropa terma jamoalaridan qabul qilib olingan ketma-ket oltinchi muvaffaqiyatsizlik bo'ldi.
Xususan, Braziliya JCh-2022 chorak finalida Xorvatiyaga, JCh-2018 chorak finalida Belgiyaga, JCh-2014 yarim finalida Germaniyaga, JCh-2010 chorak finalida Niderlandiyaga va JCh-2006 chorak finalida Frantsiyaga yutqazib, turnir bilan xayrlashgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar