Braziliya terma jamoasi mart oyida Frantsiya va Xorvatiya terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) AQShda - frantsuzlar bilan Bostonda va xorvatlar bilan Orlandoda o'yinlar o'tkazishni tasdiqladi. Shartnomalar allaqachon imzolangan, rasmiy e'lon braziliyaliklarning 18 noyabr kuni Tunisga qarshi o'yinidan keyin bo'lishi kutilmoqda.

Jahon chempionati uchun tarkiblar e'lon qilinishidan oldingi so'nggi xalqaro tanaffusda Frantsiya va Xorvatiya bilan o'yinlarda Braziliya JCh-2026da ishtirok etadigan libosda o'ynaydi. Braziliyaliklar Frantsiyaga qarshi sariq libosda, Xorvatiyaga qarshi ko'k libosda o'ynaydi.