Braziliya bilan o'yindagi g'alabadan so'ng Mbappe nimalar dedi?

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Braziliya ustidan qozonilgan g'alaba haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ushbu o'rtoqlik uchrashuvi 2:1 hisobida frantsiyaliklar foydasiga hal bo'ldi va Mbappe gollardan biriga mualliflik qildi.
«Bu biz uchun shunchaki o'rtoqlik uchrashuvi emas edi. O'z kuchimizni sinab ko'rish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. G'alaba qozondik, ammo hozircha bu o'yindan qandaydir xulosalar chiqarishga erta. Bu Jahon chempionati finali emas», — deya Mbappening so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Frantsiya terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini yakshanba kuni, 29 martda Kolumbiya milliy jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin poytaxt vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.