"Brayton" o'z fikridan qaytmadi

"Brayton" hali ham yarim himoyachi Karlos Balebani "Manchester Yunayted"ga sotish niyatida emas.
"Qizil iblislar" kamerunlik futbolchini yozda o'ziga jalb eta olmadi va qishki transfer oynasida vaziyat o'zgarmasa kerak.
"Dengiz otlari" "Manchester Yunayted"ning doimiy qiziqishiga qaramay, yarim himoyachini yanvar oyida qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Brayton” rahbariyati katta taklif tushsa yoki futbolchi ketishni talab qilsagina o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqadi.