«Brayton» himoyachisi Diego Koppola Frantsiya chempionatiga o'tdi.

Futbolchi yarim mavsumga «Parij» klubiga ijaraga berildi.

Italiyalik himoyachi 2025 yil yozida «Brayton»ga qo'shilgan, uning transferi uchun 11 million evro to'langan. Iyun oyida u ikki marta milliy jamoa safida o'ynagan, oktyabrda esa Isroilga qarshi o'yin uchun qaydnomada bo'lgan, ammo shundan beri chaqiruv olmagan.

Joriy mavsumda Koppola APLda 5 ta o'yin o'tkazgan.