Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoadagi mavjud holat haqida o'z fikrlarini bildirdi. Angliya Premer-ligasining 34-turida poytaxt klubi «Brayton»dan 0:3 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragan edi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, murabbiy futbolchilar bilan munosabatlari yaxshi ekani, biroq ichki muhitda boshqa muammolar borligini qayd etgan.

«Men o'zim va futbolchilar o'rtasida uzilish borligini his qilmayapman. Ammo jamoada ruhiyat va ishonch etishmayapti», — dedi Rosenor.

Ayni paytda «Chelsi» APL turnir jadvalida 48 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. Mag'lubiyat londonliklarning evrokuboklar uchun kurashini qiyinlashtirib yubordi.

Ma'lumot uchun, navbatdagi turda Rosenor shogirdlari o'z maydonida «Nottingem Forest»ni qabul qiladi. Uchrashuv 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.