"Brayton" va uning futbolchisi Diego Gomes joriy mavsum Angliya Liga kubogida statistik yutuqlarga erishdi. Bu haqda BEIN Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Brayton" musobaqa tarixida ketma-ket 2ta o'yinda kamida 6ta to'p farqi bilan g'alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. Avvaliga "Oksford," keyin esa "Barnsli" 6:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

Diego Gomes 2007 yildan beri turnirning safar o'yinlarida 4 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan birinchi futbolchi bo'ldi.

APL joriy mavsumida "Brayton" 5 ochko bilan o'n to'rtinchi o'rinda bormoqda.