Brayda: "Nihoyat "Milan"ning yuzi paydo bo'ldi"

"Milan"ning sobiq sport direktori Aredo Brayda "Milan"ni hozirda Italiya chempionligi uchun to'laqonli da'vogar deb hisoblash mumkinligiga ishonchi komil.
"Shuni ta'kidlamoqchimanki, "Milan" nihoyat yuzini ko'rsatmoqda. "Milan" g'alaba qozonishi mumkin edi, bu safar o'xshamadi, ammo g'alabalar keyingi o'yinlarda bo'ladi. "Milan" "Inter," "Napoli" va "Roma" bilan birga chempionlik uchun asosiy da'vogarlar qatoriga kiradi", - deya Aredo Braydaning so'zlarini keltiradi piamenta.it
Eslatib o'tamiz, "Milan" oxirgi marta 2022 yilda Stefano Pioli davrida Italiya chempioni bo'lgandi.