Marokash terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finaliga yo'l oldi va u erda Frantsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu mundialni ajoyib tarzda o'tkazayotgan hamda turnirda afrikalik futbolchilar uchun rekord o'rnatishga ulgurgan Braim Dias bu natijadan juda mamnun.

«Bu chempionat biz uchun yana ertaknamo o'tmoqda, biz allaqachon chorak finaldamiz, dunyoning eng kuchli sakkizta jamoasi qatoridan joy oldik», — deya Diasning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it portali.

Eslatib o'tamiz, Marokash terma jamoasi so'nggi yillarda keskin o'sishga erishdi — 2018 yilda ular XXI asrda ilk bor Mundialda ishtirok etgan bo'lsa, o'tgan safar turnirning yarim finaliga qadar etib borishgan edi. Jamoa bu gal ham chorak finalga chiqib, o'z ambitsiyalarini yana bir bor isbotlamoqda.

Manba: Stadion.uz