Braim Diasning goli Marokashni Afrika Kubogining chorak finaliga olib chiqdi.

"Real" a'zosi nimchorak finalda Tanzaniyaga qarshi o'yinning 64-daqiqasida gol urdi. Unga Ashraf Hakimiy golli uzatma bergan.

Dias ketma-ket to'rtinchi o'yinda gol urdi. Bungacha u Zambiya (3:0), Mali (1:1) va Komor orollari (2:0) bilan o'yinlarda bittadan gol urgan.