«Braga» 19 yoshli tarbiyalanuvchisini «Al-Ittihod»ga 32 mln evro evaziga sotganini e'lon qildi

Portugaliyaning «Braga» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi bilan 19 yoshli vinger Rojer Fernandesh transferi bo'yicha kelishuvga erishilganini ma'lum qildi. Portugaliya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, transfer summasi 32 mln evroni tashkil qiladi.
Shuningdek, shartnomada shaxsiy va jamoaviy bonuslar ishga tushirilgan taqdirda, «Braga» qo'shimcha 2,5 mln evro olishi mumkin. Bunday holda bitimning umumiy qiymati 34,5 mln evroga etadi.
«Braga» Rojerga shaxsiy va professional faoliyatida omad tilaydi», — deyiladi klub rasmiy saytidagi bayonotda.
Rojer Fernandesh — «Braga» tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoada 2023 yil yozidan beri harakat qilib kelmoqda. Jami klub safida 91 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 16 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
البرتغالي روجر فيرنانديز في كتيبة النمور #صيفية_العميد #اتحادنا_واحد pic.twitter.com/Q1Qi6aObzy
— نادي الاتحاد السعودي (@ittihad) September 5, 2025