Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Bosniya va Gertsegovina hamda Qatar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda UEFA vakillari 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Bu g'alabadan so'ng bosniyaliklar o'z guruhida 4 ochko bilan uchinchi o'rinni band etdi va eng yaxshi natija qayd etgan 8 ta uchinchi o'rin sohiblaridan biri sifatida pley-offga yo'l olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi.

Ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi yarim himoyachisi Kerim Alaybegovich e'tirof etildi. U mazkur bahsda hisobni ochishga muvaffaq bo'lgan edi. O'yindan so'ng Alaybegovichga maxsus esdalik sovg'asi topshirildi.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 musobaqasi 19 iyul kuni yakuniga etadi. Shu kuni bosh sovrin uchun final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz