Bundesliga o'rtamiyonasi — Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Rokko Rayts yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubini o'zgartiradi. Bu haqda uning hozirgi jamoasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Rokko uchun biz oladigan transfer summasi — "Borussiya" o'z tarbiyalanuvchisi uchun qachonlardir olgan eng yuqori mablag'dir", - dedi "Borussiya" sport bo'limi rahbari Ruven Shryoder.

"Va'da beramanki, qolgan har bir o'yinda, ayniqsa shu dam olish kunlari bo'lib o'tadigan derbida bor kuchim bilan harakat qilaman", - deya bayonot berdi Rayts.

Kelishuv summasi 20 million evroni tashkil etishi kutilmoqda. Joriy mavsumda Rayts 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, 6 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.