"Borussiya"ning tajribali markaziy himoyachisi kelasi yozda klubni tark etishni afzal ko'rmoqda

Dortmundning "Borussiya" klubi 30 yoshli germaniyalik markaziy himoyachisi Niklas Zyule klub bilan kelasi yozda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmasligi ma'lum bo'ldi. Qayd etilishicha, futbolchi jamoani tark etishni afzal ko'rmoqda.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan haftadayoq futbolchi va Italiyaning "Milan" klubi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan va unda markaziy himoyachini sotib olish masalasi muhokama qilingan. Zyule A Seriyaga o'tish ehtimoli uchun mutlaqo ochiq va kamida 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega bo'lmoqchi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli himoyachining ayni damdagi transfer narxi 5 million evroni tashkil etadi. Niklas bu mavsumda "Borussiya" safida 5 ta o'yinda maydonga tushdi va ularda futbolchi bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.