«Borussiya» Dortmund yulduzi erkin agentga aylanadi

Dortmundning «Borussiya» klubi direktori Lars Riken yarim himoyachi Yulian Brandt shu yozda jamoani tark etishini ma'lum qildi. Futbolchi erkin agentga aylanadi.
«Biz yangi shartnoma borasida kelisha olmadik», — dedi Riken Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Yulian Brandt 2019 yildan buyon «Borussiya» Dortmund sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 31 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.