"Borussiya Dortmund" yangi mavsumda mag'lub bo'lmayapti

Dortmundning "Borussiya" klubi yangi mavsumda hali birorta o'yinda yutqazmagan.
Bugun Niko Kovach boshchiligidagi jamoa Bundesliga 4-turidan o'rin olgan "Volfsburg"ga (1:0) qarshi bahs olib bordi.
2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda "Borussiya" 4 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi.

Dortmundliklar keyingi turda "Maynts" mehmoni bo'ladi. Bundesliga 5-turidan o'rin olgan o'yin 27 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.