Dortmundning "Borussiya" klubi "Vulverxempton"dan Fabiu Silvani sotib oldi.

23 yoshli hujumchi nemis klubi bilan 2030 yilga qadar shartnoma imzolagan.

"Vulverxempton" portugaliyalik uchun 22,5+4 mln evro olishi xabar qilingandi.

Silva o'tgan mavsumni "Las-Palmas"da ijarada o'tkazdi, La Ligada 24 o'yinda 10 ta gol urdi.