"Borussiya Dortmund"ning sobiq bosh murabbiyi nafaqaga chiqdi

"Borussiya Dortmund"ning sobiq bosh murabbiyi Lyusen Favr nafaqaga chiqdi.
"Men hozir 68 yoshdaman va vaqt juda tez o'tib ketdi. Men deyarli yoshimni unutib qo'ydim, chunki men doim band edim, doim harakatda edim. Vaqt o'tishi bilan murabbiylar tobora qarib borayotganini payqadim. 58 yoshda siz deyarli qari deb hisoblanasiz", dedi Favr.
Shveytsariyalik murabbiy shuningdek, "Gerta Berlin" va "Nitstsa"dagi faoliyati bilan ham tanilgan. U shuningdek, bir qator Shveytsariya klublariga murabbiylik qilgan.
"Borussiya" bilan Favr Germaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.