"Borussiya Dortmund" himoyachisining "Bavariya"ga o'tish ehtimoli kam

"Borussiya Dortmund" markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek "Bavariya"ning potentsial transfer nishoni hisoblanadi.
Myunxen klubi "asalarilar" yulduzini shartnomasi 2026 yil yozida tugaydigan Dayot Upamekanoning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rib chiqmoqda.
Jurnalistlar Kristian Falk va Tobi Altshefflning so'zlariga ko'ra, Shlotterbekning o'zi ham, uning atrofidagilar singari, "Bavariya"ga o'tish istiqboliga ijobiy qaraydi.
Biroq, Myunxen rahbariyati hozirda Upamekanoning yakuniy qarorini kutayotgan bir paytda hech qanday aniq qadamlar qo'ymayapti.
Agar frantsuz hozirgi klubi bilan shartnomasini uzaytirsa, myunxenliklarning nemis futbolchisi bilan shartnoma imzolash ehtimoli kam bo'ladi.