"Borussiya Dortmund" himoyachisi qishda jamoani tark etishi mumkin

Sky Sport DE nashrining xabar berishicha, markaziy himoyachi Aaron Anselmino bu qishda "Borussiya Dortmund"ni tark etishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Dortmund 20 yoshli argentinalik futbolchining o'yinidan mamnun bo'lsa-da, futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi.
U maydonda 564 daqiqa o'tkazib, bitta gol, bitta golli uzatma va bitta sariq kartochkaga ega.