"Borussiya Dortmund"ga o'tayotgan portugaliyalik futbolchi jamoadoshlari bilan xayrlashdi

"Borussiya Dortmund" Fabiu Silvani o'z safiga qo'shib oladi.
Dortmund klubi "Vulverxempton" bilan 25 yoshli hujumchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda The Athletic. Bitim summasi 22,5 million evroni tashkil etadi, shuningdek, 4 million evro miqdorida bonuslar ko'zda tutilgan.
Futbolchi Angliya liga kubogi doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yindan so'ng (3:2) jamoadoshlari bilan xayrlashdi.
O'tgan mavsumni Silva "Las-Palmas"da ijarada o'tkazdi, La Ligada portugaliyalik 24 o'yinda 10 ta gol urdi.