"Borussiya" Dortmund etakchisi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olmadi - Bild

Dortmundning "Borussiya" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbek klub bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas, deb yozadi Bild.
Nemis klubi futbolchiga maoshini uch barobardan ko'proq - 2,5 mln evrodan 8 mln evrogacha oshirishni taklif qilgan. Biroq, futbolchi faoliyatini davom ettirishning boshqa variantlarini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining "Borussiya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchiga "Bavariya", "Real" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali himoyachining transfer qiymatini 40 mln evroga baholamoqda.