Dortmundning «Borussiya» klubi «Kyoln»ning hujumkor yarim himoyachisi Said El-Mala bo'yicha taklif bilan chiqdi, biroq Germaniya klubi 19 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga bo'lgan urinishni darhol rad etdi. Bu haqda Sky xabar bermoqda.

«Borussiya» o'tgan haftada «Kyoln»ga kafolatlangan 26 million evrolik taklif yuborgan edi. Bundan tashqari, shartnomaga bonuslar ham kiritilgan bo'lib, ular evaziga bitimning potentsial qiymati 34 milliondan 42 million evrogacha etishi mumkin edi.

«Kyoln»da bu taklif ajablanish uyg'otdi va deyarli darhol rad etildi. Klub Germaniyaning eng istiqbolli yosh o'yinchilaridan biri uchun ancha ko'proq mablag' olishni rejalashtirmoqda. Avvalroq «Kyoln» Angliyaning «Brentford» klubi tomonidan berilgan 50 million evrolik taklifga rozi bo'lgan edi, biroq El-Malaning o'zi APL klubiga o'tishni rad etgandi.

Futbolchining «Kyoln» tarkibida qolishi ham haqiqatga yaqin stsenariy bo'lib turibdi. El-Malaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz