"Borussiya Dortmund" "Chelsi" himoyachisiga qiziqmoqda

Londonning "Chelsi" klubi markaziy himoyachisi Aksel Disasi Bundesligaga ko'chib o'tishi mumkin.
"Borussiya Dortmund" 27 yoshli frantsuz futbolchisini Niko Shlotterbekga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Agarda Shlotterbek amaldagi shartnomasini yangilamasa, u kelasi yozda tekinga boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Disasi joriy mavsumda birorta rasmiy o'yinda maydonga tushmagan. Uning "aristokratlar" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.