"Borussiya Dortmund" Braziliyadan yangi iqtidorni sotib olmoqda

Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubi janubiy amerikalik iqtidorlarni izlab topishda davom etmoqda. Bu safar dortmundliklar nigohi "Kruzeyro"ning chap qanot himoyachisi Kaua Pratesga tushdi.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, transfer bo'yicha kelishuvga erishilgan. Germaniya klubi futbolchi uchun 7 million evro naqd va qo'shimcha 5 million evro miqdorida bonuslar to'laydigan bo'ldi.
Prates yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Dortmundga etib kelishi kutilmoqda. Bu transfer "arilar"ning mudofaa qanotlarini yoshartirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.