Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jyulen Dyuranvill faoliyatini Shveytsariya chempionatida davom ettiradigan bo'ldi.

19 yoshli belgiyalik futbolchi sotib olish imkoniyatisiz mavsum oxirigacha "Bazel"ga ijaraga berildi.

Dyuranvill joriy mavsumda "asalarilar" safida jami 2 ta o'yinda 1 ta assist muallifi bo'ldi.