"Borussiya" Bayerni 52 million evroga sotishdan bosh tortdi

"Brentford" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Maksimilian Bayerni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli germaniyalik futbolchi uchun ingliz klubi 52 million evro atrofida taklif qilgan. Ammo "Borussiya" rad javobini berdi.
Germaniyalik hujumchi "Brentford" loyihasining asosiy o'yinchisi sifatida ko'rilgan.