"Bornmut" o'z hujumkor yarim himoyachisiga qimmat narx belgiladi

"Bornmut" hujumkor yarim himoyachisi Antuan Semeno faoliyatini Angliya Premer-ligasining etakchi klublaridan birida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaning xabariga ko'ra, amaldagi Premer-liga chempioni "Liverpul" 25 yoshli ganalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda.
"Bornmut" Semenoni yanvar oyida sotishni rejalashtirmayapti, uning transferi faqat keyingi yozda amalga oshirilishi mumkin.
"Giloslar" o'z futbolchisini 75 million evroga baholamoqda.