«Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesi «Yuventus»ga o'tishni istamadi.

28 yoshli futbolchining «olchalar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi joriy mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, yaqinda Senesi «Yuventus»ning taklifini rad etgan, shuningdek, Dortmundning «Borussiya» klubi ham undan rad javobini olgan. Manbaga ishonilsa, «keksa sinora» argentinalik futbolchiga 2030 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnoma asosida yiliga 3 million evro to'lashga tayyor bo'lgan, biroq o'yinchini bunday shartlar qoniqtirmagan.

Taxminlarga ko'ra, Markos Senesi yangi klubida yiliga taxminan 5 million evro maosh olish niyatida. Shuningdek, uning Premer-ligada qolish istagi borligi ham ma'lum.