«Bornmut» futbolchisi «Liverpul»ning Iraola qo'l ostidagi imkoniyatlarini baholadi

«Bornmut» yarim himoyachisi Tayler Adams «Liverpul»ning Andoni Iraola qo'l ostidagi istiqbollari haqida nima deb o'ylashini aytdi. Ispaniyalik mutaxassis iyun oyi boshida rasman mersisaydliklar bosh murabbiyiga aylandi. U bungacha «olchalar» bilan ishlab, yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra jamoani evrokuboklarga olib chiqqan edi.
«Liverpul» Iraola qo'l ostida Premer-ligada g'olib chiqa oladi. Uning xarakteri, energiyasi va o'yin uslubi bilan, shuningdek, jamoadagi bunday kuchli tarkib bilan bunga to'liq imkoniyat bor», — deya Adamsning so'zlarini keltiradi Angliya OAVlari.
«Bornmut» APLning yakunlangan mavsumida 6-o'rinni egalladi va o'zidan bir pog'ona yuqorida joylashgan «Liverpul»dan bor-yo'g'i uch ochko kam jamg'ardi. Iraola «qizillar» rulida may oyi oxirida iste'foga chiqarilgan Arne Slotning o'rnini egalladi.