"Liverpul" yangi futbolchi sotib olishga yaqin turibdi. Ingliz nashrlarining xabar qilishicha, "Bornmut" hujumchisi Antuan Semeno "Tottenxem"ga o'tmasligini bildirgan. Uning yangi manzili yanvardagi transferlar oynasida "Liverpul" bo'lishi mumkin.

Ayni damda futbolchining shartnomasida 65 milion funtlik tovon puli belgilangan. 25 yoshli vingerning xizmatlariga Manchesterning ikki klubi ham qiziqish bildirgani aytiladi.

Manba: newsnow.co.uk