«Bornmut» futbolchisi Iraola haqida fikr bildirdi

«Bornmut» klubi yarim himoyachisi Aleks Skott murabbiy Andoni Iraolaning «Liverpul»ga tayinlangani haqida o'z fikrlarini bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis uch yil davomida «olchalar»ni boshqarib keldi, yangi mavsumdan esa «Enfild»da ish boshlaydi.
«Andoni — ajoyib murabbiy. Uning qo'l ostida uch yil ichida qanday natijalarga erishganimizga, qanchalik o'sishga erishganimizga bir qarang. Biz juda yuqori intensivlikda pressing uyushtirardik — bu Klopp davridagi dastlabki «Liverpul»ga o'xshab ketardi. «Liverpul» muxlislari bu tayinlovdan shubhasiz hayratda bo'lishlari (katta quvonch tuyishlari) kerak. Iraolada yanada yuqoriroq darajada muvaffaqiyat qozonish va top-murabbiy maqomini mustahkamlash uchun barcha fazilatlar mavjud», — deya ingliz OAVlari Skottning so'zlarini keltirmoqda.
Mersisaydliklar boshqaruvida Iraola iste'foga chiqarilgan Arne Slotning o'rnini egalladi.