«Bornmut» «Borussiya»ning sobiq murabbiyi Marko Rozeni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qildi

«Bornmut» klubi Dortmundning «Borussiya»ning sobiq bosh murabbiyi Marko Rozeni kelasi mavsumdan jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e'lon qildi.
«Bornmut» Marko Rozeni klub bosh murabbiyi lavozimiga taklif etilganini tasdiqlashdan mamnun. U bilan uch yillik shartnoma imzolandi va u 2025/2026 mavsumi yakunidan so'ng kuchga kiradi.
49 yoshli mutaxassis Evropa futbolida yuqori darajada katta tajribaga ega. U avval «Red Bull Zaltsburg», «Borussiya» Myonxengladbax, «Borussiya» Dortmund va «RB Leyptsig» jamoalarida faoliyat olib borgan», — deyiladi «Bornmut» rasmiy saytida.
Avvalroq jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Andoni Iraola mavsum yakunida klubni tark etishini ma'lum qilgan edi.
Manba: championat.com