"Bornmut" Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni transferini e'lon qildi

Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Freyzer Forster faoliyatini Angliyaning "Bornmut" klubida davom ettiradi. O'tgan yilning yozidan buyon erkin agent maqomida qolayotgan 37 yoshli posbon bilan shartnoma imzolanganini Angliya Premer-ligasi klubi rasmiy sayti e'lon qildi.
Xabar qilinishicha, Forster "Bornmut" bilan olti oylik shartnoma imzolagan - 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha. Angliyalik futbolchi qishki transfer oynasida jamoaning ilk yangi futbolchisiga aylandi. "Bornmut"da Forster 17-raqamda harakat qiladi.
Forster Angliya terma jamoasi safida oltita o'yin o'tkazgan. U bungacha "Tottenxem", "Sautgempton", "Seltik" va "Nyukasl" kabi klublar sharafini himoya qilgan.