UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida Lissabonning "Sporting" klubi safarda Bilbaoning "Atletik" klubini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu natija haqida portugallar ustozi Ruy Borjes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Pley-offga chiqish bizning asosiy maqsadimiz edi. Umumiy raund natijalariga ko'ra, biz eng yaxshi sakkizta jamoa qatoridan joy olishga muvaffaq bo'ldik. Bunday buyuk klublar safida bo'lish biz uchun ulkan sharaf," - deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Sakkiz tur yakunlariga ko'ra, lissabonliklar 16 ochko jamg'arib, Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining yakuniy jadvalida ettinchi o'rinni egalladi.