Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumchisi Viktor Bonifase faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, 24 yoshli nigeriyalik futbolchining vakili Italiyaga uchib ketgan va u erda futbolchining "Milan"ga o'tishi bo'yicha muzokaralar olib boradi. Manbaga ko'ra, avvalroq klublar Bonifaseni 30 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga kelishib olgan.

2024/25 yilgi mavsumda Bonifase barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va ikkita samarali uzatma muallifiga aylandi.