"Bolonya" Joau Mariu Netuni o'z safiga qo'shib oldi.

Klublar 26 yoshli himoyachini mavsum oxirigacha ijaraga olganini e'lon qildi.

Portugaliyalik futbolchi turinliklar safiga 2025 yilning yozida kelib qo'shilgandi. U A Seriya doirasida 10 ta o'yinda maydonga tushdi.