"Bolonya" "Milan"dan Italiya terma jamoasi xavbekini sotib oldi

So'nggi bir yarim yil davomida "Bolonya" safida ijarada to'p tepgan italiyalik yarim himoyachi Tommazo Pobega rasman "Bolonya"ning doimiy futbolchisiga aylandi.
"Bolonya" 26 yoshli futbolchining shartnomasini "Milan"dan 7 million evroga sotib oldi. Pobega 2028 yil 30 iyungacha keyingi mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan shartnoma imzoladi.
Pobega joriy mavsum "Bolonya" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Tommazo Italiya terma jamoasi safida 3 ta o'yin o'tkazgan.