Bokschilarimiz Osiyo chempionatining barcha yosh toifalarida birinchi bo'lishdi

Indoneziyada boks bo'yicha U19 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi. Biroz avval o'tkazilgan U23 yosh toifasidagi final janglarida ham yurtdoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, peshqadamlikni saqlab qolishdi. Mazkur yosh toifasidagi yigitlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg'arib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Oltin medal:
-
-65 kg: Ilhomjon Ergashev
-
-70 kg: Abdulloh Madaminov
-
-80 kg: Fazliddin Erkinboev
-
+90 kg: Ozodbek Aliev
Kumush medal:
-
-85 kg: Norbek Abdullaev
-
-90 kg: Samir Sobirov
Bronza medal:
-
-55 kg: Faryozbek Do'smatov
-
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-
-75 kg: Abdulaziz Abduhamidov
Shu tariqa, mazkur qit'a birinchiligida yosh bokschilarimiz barcha yo'nalishlarda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar