Ozarbayjonda bo'lib o'tayotgan MDH o'yinlarining bugun boks bahslarida so'nggi kun janglari o'tkazildi.

Finalga 10 nafar yigitlarimiz etib kelishgan edi, ulardan 5 tasi g'alaba qozonib, 5 ta oltinni naqd qilishdi. Demak, o'smir yigitlarimiz 5 ta oltin, 5 kumush va 1 dona bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Albatta, ushbu natija terma jamoamizni MDH o'yinlarida tengsiz ekanligini belgilab berdi.

G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-54 kg. Behruz Rohataliev
-57 kg. Bobomurod Boymirzaev
-63 kg. Dilshod Ahmadjonov
-70 kg. Oybekjon Abdurahimov
-75 kg. Xurshidbek Jo'raev

Kumush medal:
-46 kg. O'tkirbek Norqosimov
-50 kg. Azizbek Shokirjonov
-60 kg. Otabek Nurmuhammadov
-66 kg. Kamronbek Hamdamov
+80 kg. Farhodjon Bahodirov

Bronza medal:
-52 kg. Bekzod Ismoiljonov

Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To'raboev, Elnur Abduraimov.

Yigitlarimiz ham qizlarimiz ham 5 tadan, 10 ta oltin medallariga ega chiqib, MDH davlatlari orasida birinchi bo'lishdi. Kumush va bronzalarimiz ham 5 tadan. Hatto, mezbon Ozarbayjon davlati ikki tarkib bilan 18 va 26 nafar bokschi bilan ishtirok etib ham, terma jamoamizdan medal jamg'arishda ancha ortda qoldi. Bu safar negadir qo'shnilarimiz Qozog'iston 2 donagina oltin bilan to'rtinchi o'rinda, uchda Rossiya jamoasi.



Manba: https://t.me/boxinguzbekistan