Boks. Saul Alvares navbatdagi raqibni aniqlab oldi

To'rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni meksikalik Saul Alvares ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg gacha) toifasida WBC chempionlik kamarining amaldagi sohibi frantsiyalik Kristian Mbili (29-0-1, 24 KO) bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda L'Equipe nashri.
Agar jang tashkil etilsa, sentyabr oyida Ar-Riyodda bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Kristian Mbilli professional ringdagi debyutini 2017 yilda o'tkazgan. 2025 yil iyun oyida u WBC vaqtinchalik chempionligini qo'lga kiritdi, shundan so'ng u to'liq chempion darajasiga ko'tarildi.