Professional boksning super engil vazn (63,5 kg) toifasida o'z janglarini o'tkazayotgan, Ruslan Abdullaev AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan jang kechasida ringa ko'tarildi.

Abdullaevga kubalik Orestes Velazkez raqiblik qildi. 10 raund qilib belgilangan jangning 5 raundi o'tib borayotgan bir pallada Ruslan o'ziga xos kuchli zarbalari bilan jang taqdirini hal qildi.

Shu tariqa yurtdoshimiz professional boksdagi 5-jangida ham texnik nokaut bilan g'alabaga erishib, g'alabali seriyasini davom ettirdi.

Manba: Stadion.uz