Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC tomonidan tashkil etilgan gran-pri musobaqasi yakuniga etdi.

Mazkur turnirning super engil vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan Mujibillo Tursunov finalgacha etib keldi. Hal qiluvchi jangda u Kolumbiya vakili Karlos Utriaga qarshi ringga ko'tarildi.

Sakkiz raundga mo'ljallangan bahs to'liq davom etdi. Yakunda kolumbiyalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'alabaga erishdi. Shu tariqa, Mujibillo Tursunov WBC gran-prisida ikkinchi o'rinni egalladi.

WBC gran-pri g'oliblari 100 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanadi. Finalda mag'lub bo'lgan Mujibillo Tursunov esa 50 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.