Jumladan, yarim og'ir vazn toifasi reytingida ham kichik bo'lsa-da, o'zgarishlar kuzatildi. Divizionning sobiq chempioni Magomed Ankalaev ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Rossiyalik jangchiga beshinchi raundda texnik nokaut evaziga yutqazgan Bogdan Guskov ham 9-o'rinda o'zgarishsiz qoldi. Bu hozircha yaxshi yangilik. Bu UFC`ning Meta reytingi hisoblanadi.  

Tashkilotning media-reytingida esa Magomed Ankalaev birinchi o'rinni band etgan. Bogdan Guskov esa 9-o'rindan 10-pog'onaga pastlagan. Hamyurtimiz amerikalik Dominik Reyes bilan o'zaro o'rin almashib olgan.

Manba: Olamsport.com